Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Mun: Xolokost bizga g‘ayriinsoniylik oqibatlarini ko‘rsatib beradi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan murojaat yo‘lladi; unda “Aushvits-Birkenau” konslageri mahbuslarining ozod qilinishi minglab odamlarga o‘qilgan o‘lim hukmini bekor qilganini ta'kidlab o‘tdi.
“Bugun biz “Aushvits-Birkenau” o‘lim lagerining ozod qilinish kunini nishonlamoqdamiz. Biz Xolokost xotirasini yod etish ishiga bo‘lgan sadoqatimiz va mas'uliyatimizni ifoda etamiz”, - dedi bosh kotib BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida.
Xalqaro Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni har yilning 27 yanvarida jahon miqyosida nishonlanadi. Sana Qizil armiya tomonidan 1945 yilda “Aushvits-Birkenau” konslageri mahbuslarining ozod qilinishi bilan bog‘liq ravishda nishonlanadi.
“Aushvits-Birkenau”ning minglab mahbuslari uchun 27 yanvar ozodlik, ijro etilmagan o‘lim hukmi kunidir”, - qo‘shimcha qildi Pan Gi Mun.