Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda bemor bolani shifoxonaga olib ketayotganda yo‘qolgan vertolyot qulab, barcha yo‘lovchisi halok bo‘lgan
Qozog‘iston IIV qoshidagi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imanqulov 27 yanvar kuni parvoz vaqtida yo‘qolib qolgan vertolyot qoldiqlari va uning yo‘lovchilari bo‘lgan 5 kishining tanasi topilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bergan.
"Qidiruv shtabi ma'lumotiga ko‘ra, vertolyot Kapal aholi turar joy hududidan 3 km masofada qulagan. Bugun soat 8:20da dara ichidan vertolyot qoldiqlari topildi. Uning bortidagi 5 kishining barchasi halok bo‘lgan", degan manba.

Uning aytishicha, bu hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Voqea joyiga mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Bojko yetib kelgan.
Bundan oldinroq, Qozog‘istonning Olmaota viloyatida sanaviatsiyaga tegishli UP-MD 600-N vertolyoti yo‘qolib qolgani, uning bortida bemor bola, onasi va shifokorlar bo‘lgani haqida xabar berilgandi.