Sport | 12:57 / 28.01.2016
2616
1 daqiqa o‘qiladi

"Real" Isko uchun "Arsenal"dan 25 mln funt so‘radi

"Real" jamoasi o‘z futbolchisi Iskoni "Arsenal"ga 25 mln funt evazigagina sotishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Express nashri xabar tarqatgan.

23 yoshli bu futbolchi bilan madridliklarning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Ispaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lmish bu futbolchi "Valensiya" jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Real"ga 2013 yilning yozida "Malaga"dan 30 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. U shu vaqtgacha asosiy tarkibning muqim a'zosiga aylana olmagani uchun jamoani tark etishni istayotgani aytilgan. Bu futbolchiga Angliya premer-ligasining boshqa jamoalaridan ham qiziqishlar bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish