Iqtisodiyot | 17:21 / 28.01.2016
2468
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter kompaniyasining sobiq bosh menejyeri raqobatchilar tomonida ish boshladi

Twitter kompaniyasining sobiq bosh menejyeri Kevin Vayl Instagram`da xuddi shunday vazifani bajarishga kirishdi. Bu haqda Re/Code xabar bergan.

Xabar qilinishicha, Instagram Vaylni u Twitter`dan ketgani haqida e'lon qilganidan 1 oy o‘tib, ishga yolladi. Bundan oldin Instagram`da bosh menejyer vazifasini Piter Deng bajarib kelayotgandi. Ayni vaqtda u Oculus loyihasi bilan shug‘ullanishni boshlagan.

Instagram fotoxizmati Facebook kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. Shu tariqa, Kevin Vayl Twitter`ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi tomoniga o‘tdi. Vayl Twitter`da 5 yil davomida faoliyat ko‘rsatgan, 1 oy oldin u va yana 2 menejyer, Aleks Retter va Keti Jyeykobs ishdan ketgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish