Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashingtonda qor bo‘ronlari tufayli joriy qilingan favqulodda holat tugadi
Vashington shahri meri Myuriyel Bauzer chorshanba kuni o‘tgan hafta oxirida shaharda "Jonas" nomli kuchli qor bo‘ronlari tufayli joriy qilingan favqulodda holat bekor bo‘lgani haqida ma'lum qildi.
"Qor bo‘ronlari tufayli joriy qilingan favqulodda vaziyat bekor qilindi. Shahar ko‘chalarida odatdagi tartibda harakatlanishda davom etish mumkin", deydi u o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali.
Bu vaqtgacha avtomobillarga o‘z mashinalarini ko‘chalarni qordan tozalovchi mashinalarga xalaqit berar darajada qoldirmaslik ko‘rsatma qilingandi. Shu bilan birgalikda shahar meri kechasi harorat pasayib, keyingi kun tongida yo‘llar muzlashidan ogohlantirgan.
Qayd etilishicha, shaharda ahvol yaxshilangan. Shunday bo‘lsada, 28 yanvar kuni davlat xizmatchilariga ishga 3 soatgacha kechikib kelish bo‘yicha berilgan ruxsat o‘z kuchini saqlab qolgan. Shahardagi maktablar faoliyatini davom ettira boshlagan, shahar tashqarisidagilarida esa ta'til davom etmoqda.
Meteorologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida 60 sm qalinlikda qor yoqqan.