Jahon | 07:30 / 28.01.2016
2868
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidenti Lotin Amerikasi uchun inqirozga qarshi rejani qabul qilishga chaqirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyati sammiti (SeLAK) davomida Lotin Amerikasi uchun inqirozga qarshi rejani qabul qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Noticias24 nashri.

“Men sizga Lotin Amerikasi va Karib havzasi uchun inqirozga qarshi taktik iqtisodiy rejani qabul qilishni taklif qilaman, bir-birimizga yordam berish vaqti keldi”, deb aytdi Maduro.

Maduroning aytishicha, bunday rejaning qabul qilinishi mintaqa davlatlari savdo tizimini rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Biroq Maduro ushbu rejaning barcha detallarini ma'lum qilmadi.