Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple o‘zining quvvatlash qurilmalarini ortga qaytarib olmoqda
Apple kompaniyasi devordagi rozetkalarga mo‘ljallangan ikki shtirli vilkaga ega quvvat oluvchi qurilmalarini ko‘ngilli tarzda qaytarib olishini e'lon qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot bayonotida aytilmoqda.
Avstraliya, Argentina, Braziliya, qit'adagi Yevropa, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya uchun mo‘ljallangan ikki shtirli vilkali quvvatlash qurilmalari kam hollarda buziladi va tegishda elektr tok urishi xavfini vujudga keltiradi. Ma'lum qilinishicha, bu adapterlar 2003 yildan 2015 yilgacha Mac kompyuterlari va iOS-qurilmalari bilan birga yetkazilgan hamda World Travel Adapter Kit to‘plamiga kirgan.
Ayni vaqtda kompaniya bu adapterlarning ishdan chiqishi bilan bog‘liq 12 ta holat haqida ma'lumotga ega. Nosoz quvvatlash adapterlari mahkamlash joyining ichki pazida 4-5 simvolli matnga ega bo‘lishi yoki bu matn umuman bo‘lmasligi mumkin. Takomillashgan adapterlarda hududning 3 harfli kodi ko‘rsatiladi. Bu haqdagi batafsil ma'lumot Apple saytida berilgan.