Sport | 14:13 / 29.01.2016
5366
2 daqiqa o‘qiladi

Australian Open. O‘zbekiston vakili turnir finaliga chiqdi

29 yanvar kuni Melburn shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston vakili Jo‘rabek Karimov finalga yo‘llanma oldi.

Turnirda yettinchi raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek yarim final bahsida mezbonlar vakili Aleksa De Minauraga qarshi kortga chiqdi va 3 set davom etgan bahsda raqibiini 3:6, 6:4 va 63 hisoblarida taslim etdi.

Bu bahs 1 soatu 59 daqiqa davom etdi. 17 yoshli Jo‘rabek dunyo reytingida o‘z yosh toifasida 13 raqam ostida tasniflangan.

Yarim finalning ikkinchi juftligi, avstraliyalik Oliver Anderson va koreyalik Yun-Son Chon o‘rtasidagi bahs endi o‘tkaziladi. O‘zbekiston vakili finalda shu bahs g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov ilk davrada AQSh vakili Ezikel Klarkni 6:1, 6:3, ikkinchi bosqichda gonkonglik Entoni Tangni 6:4, 6:4, uchinchi davrada esa koreyalik Chang-Yon Oxni 6:4, 6:2, chorak finalda yaponiyalik Yosuki Vatanukini 6:3, 6:2 hisoblarida dog‘da qoldirgan edi.

Ma'lumot uchun, Jo‘rabek Karimov o‘tgan yilgi Avstraliya Ochiq chempionatida ham yarim finalga qadar yetib kelgandi.