29 yanvar kuni Melburn şahrida davom etayotgan “Katta Dubulğa” turkumiga kiruvçi Avstraliya Oçiq çempionatining ösmirlar örtasidagi musobaqasida Özbekiston vakili Jörabek Karimov finalga yöllanma oldi.

Turnirda yettinçi raqam ostida tasniflangan Jörabek yarim final bahsida mezbonlar vakili Aleksa De Minauraga qarşi kortga çiqdi va 3 set davom etgan bahsda raqibiini 3:6, 6:4 va 63 hisoblarida taslim etdi.

Bu bahs 1 soatu 59 daqiqa davom etdi. 17 yoşli Jörabek dunyo reytingida öz yoş toifasida 13 raqam ostida tasniflangan.

Yarim finalning ikkinçi juftligi, avstraliyalik Oliver Anderson va koreyalik Yun-Son Çon örtasidagi bahs endi ötkaziladi. Özbekiston vakili finalda şu bahs ğolibiga qarşi öynaydi.

Eslatib ötamiz, Jörabek Karimov ilk davrada AQŞ vakili Ezikel Klarkni 6:1, 6:3, ikkinçi bosqiçda gonkonglik Entoni Tangni 6:4, 6:4, uçinçi davrada esa koreyalik Çang-Yon Oxni 6:4, 6:2, çorak finalda yaponiyalik Yosuki Vatanukini 6:3, 6:2 hisoblarida doğda qoldirgan edi.

Ma'lumot uçun, Jörabek Karimov ötgan yilgi Avstraliya Oçiq çempionatida ham yarim finalga qadar yetib kelgandi.