Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: KXDRning vodorod bombasi sinovlari muvaffaqiyatsiz o‘tdi
AQSh rasmiylarining ma'lum qilishicha, KXDR darhaqiqat 6 yanvar kuni vodorod bombasi sinovlarini o‘tkazgan, ammo bu sinovlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Bu haqda Oq Uydagi manbalariga tayangan holda CNN xabar bermoqda.
Telekanalning ma'lum qilishicha, Vashingtonning bunday xulosasiga seysmik ma'lumotlarning sinchiklab o‘rganilishi sabab bo‘lgan. Ushbu axborotga ko‘ra, sinovlar keragidan ikki barobar chuqurroq muhitda o‘tkazilgan.
Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, yadroviy qurilma ishchi holatda bo‘lmagan. Shimoliy Koreya alohida komponentlarni sinovdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin, masalan, detonatorni. Lekin bu sinovlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.