Jahon | 00:49 / 29.01.2016
2664
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya 20 mingga yaqin muhojirni deportatsiya qiladi

Finlyandiya hukumati qochqin maqomini olish uchun da'vogarlik qilayotgan 20 mingga yaqin muhojirni mamlakatdan deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Ayni paytda bizning baholashimizcha, bu raqam 20 mingni tashkil qiladi, biroq qochqin maqomini olish uchun arizalardan ko‘ngilli voz kechadiganlar soni bu raqamni o‘zgartirishi mumkin”, deb aytdi Finlyandiya ichki ishlar vazirligi devonxonasi boshlig‘i Pyayvi Nerg.

Nergning aytishicha, ayni paytda 4 mingga yaqin muhojir o‘z arizasidan voz kechgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish