Jahon | 10:14 / 29.01.2016
11134
1 daqiqa o‘qiladi

Madeyra oroli osmonidagi “ulkan olovli musht ko‘rinishidagi” bulut Yevropa OAVlarida xitga aylandi

Atlantika okeanida, Marokash sohillari yaqinida joylashgan Portugaliyaning Madeyra oroli osmonida noodatiy tabiiy manzara – quyoshning nurlari tushishi sababli “ulkan olovli musht yoki qo‘l ko‘rinishidagi” bulut kuzatildi.

Bu noodatiy ko‘rinishdagi bulut Yevropa OAVlarida ommalashib ketdi.

Bulut unga quyosh nurlarining akslanishi sababli go‘yoki katta musht yoki qo‘lni eslatib yubordi. Ba'zi internet foydalanuvchilari unda go‘yoki samolardan ishora, ogohlantirish qilinayotgani ko‘rib, uni “Tangrining qo‘li” deya ham nomlashga ulgurishdi.

Bu hodisa aks etgan fotosuratlar va video ijtimoiy tarmoqlarda juda tez ommalashib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish