Jamiyat | 16:07 / 29.01.2016
6525
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatida bir yoshli go‘dak oynadan uloqtirib yuborildi

Rossiyaning Moskva viloyati Mitishi shahrida bir yoshli go‘dak o‘limi bilan bog‘liq jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha boshqarmasi saytida e'lon qilindi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, yosh go‘dak 9- qavatdagi xonadonda onasi, uning hamxonasi, hamxonaning singlisi va onasi bilan birga bo‘lgan.

“Shu yerda hozir bo‘lganlardan kimdir ichkilik ichib turgan vaqtda bolani derazadan uloqtirib yuborgan”, - deyiladi muassasa xabarida. Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlar qotilligini ko‘zda tutuvchi modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish