Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomas Bax: 2016 yilgi Olimpiadaga qochqinlardan tuzilgan jamoa qabul qilinadi
Qochqin maqomidagi sportchilarda tuzilgan jamoa 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 2016 yilda Braziliyada o‘tkaziladigan Rio-de-Janeyro olimpiadasida qochqinga aylangan sportchilar ham ishtirok etishini ma'lum qildi.
"XOQ Rio-de-Janeyroga qochqin maqomidagi saralangan sportchilarni taklif etadi", degan Bax.
TASS agentligi xabarida aytilishicha, XOQ qochqinlar uchun 2 mln dollarlik jamg‘arma tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, Rio olimpiadasi 2016 yilning 5 avgustidan 21 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Rio olimpiadasida ilk marta qochqin maqomidagi sportchilar ishtirok etishi mumkin