Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:18 / 29.01.2016
3067
1 daqiqa o‘qiladi
Venesueladagi neft platformasida portlash sodir bo‘ldi
Venesuelaning davlat kompaniyasi PDVSA tarkibidagi neft platformasida 28 yanvar kuni portlash sodir bo‘ldi. Bu hodisa natijasida bir necha kishi jarohatlangan. Bu haqda El Nacional xabar bergan.

Qayd etilishicha, bu hodisa Marakaybo ko‘li yaqinidagi platformada sodir bo‘lgan. Norasmiy manbalarga ko‘ra, ayni vaqtda kompaniyaning bir necha xodimi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Jabrlanganlardan birining tanasi 90 foizi kuyib ketgan holda shifoxonaga olib borilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish