Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:54 / 29.01.2016
2276
1 daqiqa o‘qiladi
WSJ: Xerox korporatsiyasi ikkita mustaqil kompaniyaga ajraladi
AQShning Xerox kompaniyasi ikkita mustaqil kompaniyaga ajralishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yaratilgan kompaniyalardan biri apparatura ishlab chiqarishni davom ettiradi, ikkinchisi esa xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Xerox’ning ajralishi haqida 29 yanvarda e'lon qilinadi. Shu kuni kompaniyaning moliyaviy hisoboti taqdim qilinadi.
Nashrning ta'kidlashicha, 28 yanvarda kompaniyaning bozordagi kapitalizatsiya 9,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish