Jamiyat | 15:27 / 29.01.2016
3402
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda maktab o‘quvchisining ziragini olib qo‘ygan jinoyatchi qo‘lgan olindi

2016 yilning 25 yanvar kuni soat 09:20 da Xorazm viloyati Urganch tumani Xonqa ko‘chasida noma'lum ayol 2-sinf o‘quvchining qulog‘idan sariq metalldan yasalgan ziragini yechib olib, voqea joyidan yashirinishganligini ma'lum qilgan. 

Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilik sodir etgan mahalliy aholiga mansub 19 yoshli ayol qo‘lga olindi va talonchilik to‘liq fosh etildi. 

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.