Jamiyat | 16:00 / 30.01.2016
4591
1 daqiqa o‘qiladi

14 oylik go‘dak ham snoubordda ucha oladi (video)

Agarda siz snoubord — avvaldan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan professional sportchilar mashg‘uloti, deb o‘ylasangiz xato qilgan bo‘lasiz.

AQShning Yuta shtatidagi yashovchi Sloan 13 oyligida yurishni o‘rgandi. Oradan bir oy o‘tib, ota-onasi unga snoubord hadya etishdi. Sloan otasining aytishicha, eng kichik taxtachani tanlaganiga qaramasdan, u qizalog‘iga bir oz uzunlik qilmoqda. Shu bois oyoq kiyimlarini mustahkamlash uchun o‘rnatilgan uyachalarni oyoqchalari bir-biriga yaqinroq bo‘lishi uchun qayta o‘rnatishga to‘g‘ri keldi.

Albatta, Sloan hozircha burilishlarni mustaqil tarzda amalga oshira olmaydi. Biroq boshqa xavaskorlardan farqli o‘laroq, snoubordda muvozanatni saqlagan holda o‘zini dadil tutmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish