Jahon | 07:32 / 30.01.2016
4323
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti Xillari Klintonning shaxsiy pochtasidagi 22 ta maktubni mutlaq maxfiy deb tan oldi

AQSh Davlat departamenti Xillari Klinton AQSh Davlat kotibi bo‘lib ishlaganda o‘z shaxsiy elektron pochtasida saqlagan 22 ta maktubni mutlaq maxfiy deb tan oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, maktublar ularda maxfiy ma'lumotlar borligi sabab chop etilmaydi. Ta'kidlanishicha, shu tariqa AQSh hukumati Klinton pochtasida maxfiy ma'lumotlar saqlanganini tan oldi.

2015 yil mart oyida Klinton o‘zining elektron pochtasidan ish yuzasidan maktublar yozishda foydalangani ma'lum bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bu xatti-harakatlar federal qonunda o‘rnatilgan talablarni buzgan bo‘lishi mumkin, bu qonunda ish yuzasidan barcha maktublar sir tutilishi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, Klintonning o‘z lavozimini bajarishi davomida umuman ishchi pochtasi bo‘lmagan.