Jahon | 13:45 / 30.01.2016
3189
1 daqiqa o‘qiladi

Eron vizalar bilan bog‘liq muammo tufayli Londondagi neft bo‘yicha konferensiyani bekor qildi

Eron vakillari chet el investorlari bilan neft-gaz sohasida ishlash bo‘yicha konferensiyani vizalarda chiqqan muammo tufayli bekor qildilar. Bu haqda NIOC neft kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Ali Kardorga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“London konferensiyasi bekor qilindi, negaki Buyuk Britaniyaning Tehrondagi elchixonasi Eron kompaniyalari vakillariga viza bera olmaydi”, - dedi u.

Kardorning so‘zlariga qaraganda, delegatlar vizalarni uchinchi davlatlar orqali rasmiylashtiradi.