Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemala hukumati Zika virusi bilan kasallanishning 105 ta holatini tasdiqladi
Gvatemalada Zika bezgagi bilan kasallangan 105 kishi qayd qilindi, ushbu bezgakni yuqtirish holati bir necha yuzlabni tashkil qilishi mumkin. Bu haqda 29 yanvarda Gvatemala Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Epidemiologiya milliy markazi vakillari ma'lum qildilar.
“Har bir qayd qilingan bemorga ushbu kasallik simptomlariga ega bo‘lgan, biroq tibbiy yordam so‘rab murojaat qilmagan yana uch bemor to‘g‘ri kelishi mumkin”, deb aytmoqda markaz rahbari Yudit Garsia. Ushbu davlatda Zika bezgagi bilan kasallanishning birinchi holati 2015 yil 23 noyabrda qayd qilingandi.
2015 yil noyabrda Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligida Zika bezgagi bilan kasallanish ayollar homiladorligi paytida homilada mikrotsefaliya – bosh miya chanog‘ining sezilarli kichrayishi va aqliy zaiflik, turli chetlashishlar, eshitish va ko‘rish qobiliyatining buzilishi bilan kechuvchi tug‘ma nuqsonni keltirib chiqarishi tasdiqlangandi.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari 25 yanvarda virus Janubiy va Shimoliy Amerikada Kanada va Chilidan tashqari barcha davlatlarda keng tarqalishi mumkinligini qayd qilishgandi. Ayni vaqtda Zika virusi mintaqaning 21 davlatida borligi qayd qilindi. Birinchi marta bu kasallik 1947 yilda Ugandada aniqlangan, ayni vaqtgacha u odam uchun xavfsiz, deb hisoblab kelingandi.