Jahon | 18:43 / 30.01.2016
2913
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda Pikasso kartinasini sotishga uringan kontrabandachilar qo‘lga olindi

Istanbulda Turkiya kontrabandaga qarshi kurash xodimlari Pablo Pikassoning kartinasini sotishga uringan transmilliy jinoiy guruh a'zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda 30 yanvar kuni Anadolu agentligi xabar bermoqda.

“Sochini tarayotgan yalang‘och ayol” nomli rasm 1940 yili chizilgan bo‘lib, u Nyu-Yorkda yashovchi kolleksioner uyidan o‘g‘irlab ketilgan. Jinoyat qachon sodir etilgani oshkor qilinmadi.

Politsiya xodimlari o‘zlarini xaridor qilib ko‘rsatib, banda a'zolari bilan aloqaga kirishgan. Kartina narxi 8 mln dollar deb belgilangan, so‘ng jinoyatchilar 1 mln dollar o‘tishga rozi bo‘lishgan. Uchrashuv kafeda bo‘lib o‘tgan. O‘sha yerda ular jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ayni paytda tergov harakatlari boshlab yuborilgan.