Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamchatkada kuchli zilzila qayd etildi
30 yanvar kunduzi Rossiyaning Kamchatka yarimorolida kuchli zilzila qayd etildi. Zilzila kuchi eng ko‘p sezilgan Petropavlovsk-Kamchatsk va Yelizov tumanlarida aholi o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan.
Zilzila kuchi 4-5 ballni tashkil qilgan. Zilzilaning markazidagi kuchi 7 ballni tashkil qilgan. Zilzila o‘chog‘i Petropavlovskdan sharqqa tomon 87 km uzoqlikda bo‘lgan.
“Tsunami xavfi e'lon qilinmagan. Qurbonlar yo‘q. Uylarni shikastlanish holatiga tekshiruvchi tezkor guruhlar tashkil etildi”, deyilmoqda favqulodda vaziyatlar boshqarmasida.