Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:24 / 30.01.2016
2043
1 daqiqa o‘qiladi
Kanada g‘arbida besh kishi ko‘chki ostida qolib ketdi
Juma kuni Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyatidagi Makbrayd qishlog‘i yaqinida qor ko‘chishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.
Ko‘chki Renshou tog‘idan tushdi. Voqea joyida favqulodda xizmatlar, qutqaruvchilar va politsiya ishlamoqda. Xabar qilinishicha, qor ko‘chishini odamlarning o‘zlari keltirib chiqargan. Makbrayd Britaniya Kolumbiyasining eng yirik shahri bo‘lmish Vankuverdan 800 km shimolroqda joylashgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish