Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada sayyohlardan selfi uchun soliq olinmoqda
Meksikadagi Tulum milliy bog‘ida selfi uchun maxsus soliq kiritildi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.
Bundan buyon bog‘ga tashrif buyuruvchilar kirish chiptasiga 3,3 dollar to‘lashlaridan tashqari, har bir fotokamerali gadjyet uchun qo‘shimcha 2,5 dollar to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Mahalliy gidlar vakili Xulio Vilyagomes Vilyalobosning aytishicha, bu planshet, telefon, fotoapparat va GoPro kameralarga taalluqli bo‘ladi.
Vilyalobosning aytishicha, yangi qoidalar ayniqsa mahalliy tashrif buyuruvchilarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Tulum bog‘i mayya sivilizatsiya zamonlaridagi shahar qoldiqlaridan iborat bo‘lib, mayya shaharlaridan eng yaxshi saqlanib qolgani hisoblanadi. Bog‘ Kankun kurorti yaqinida joylashgan.
Nashrning ta'kidlashicha, Tulumga har yili 2 mln ga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.