Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama braziliyalik hamkasbi bilan Zika virusining tarqalishini muhokama qildi
AQSh prezidenti Barak Obama qit'ada Zika virusining tarqalishini Braziliya prezidenti Dilma Ruseff bilan muhokama qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Yetakchilar virus ustidan nazoratni oshirish uchun kerakli yaxshilangan vaksinalarni yaratish borasidagi ishlarni tezlashtirish, tadqiqotlarni rivojlantirish va bilimlarni chuqurlashtirish sohasida birgalikda harakat qilish muhimligini ta'kidlab o‘tishdi”, - deyiladi xabarnomada.
Shuningdek, Ruseff xonim 31 martdan 1 aprelga qadar Vashingtonda o‘tadigan yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitda ishtirok etishini tasdiqladi.