Jamiyat | 22:45 / 30.01.2016
2733
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotadagi maktablardan birida 8-sinf o‘quvchisi garmdorili spreyli ballonchikni purkashi oqibatida 13 kishi zaharlandi

30 yanvarda Olmaotadagi 129-sonli maktabda 8-sinf o‘quvchisi garmdorili aerozol spreyli ballonchikni purkadi, deb ma'lum qilindi Olmaota favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmatida nur.kz portaliga.

Bu haqdagi axborot 30 yanvarda Olmaota favqulodda vaziyatlar departamentining pultiga kelib tushgan. Unda maktab o‘quvchilari spreydan zaharlanganlari ma'lum qilingan.

Voqea joyiga Jyetisu tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari yuborilgan.

Voqea joyidan 13 kishi, jumladan 11 o‘quvchi zaharlangani haqida ma'lumot kelib tushgan. Ulardan 11 nafari shifoxonaga yotqazilgan. Ushbu ko‘ngizsizlik yuzasidan maktabning 8-sinf o‘quvchisi ushlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish