Jahon | 15:56 / 30.01.2016
4208
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha telekanali prodyuseri Medinskiydan kechirim so‘ragani uchun ishdan haydaldi

Polshaning TVP telekanali xodimi Marek Chunkevich Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiydan axborot dasturi boshlovchisining fe'l-atvori uchun kechirim so‘ragani uchun ishdan bo‘shatildi, deb xabar beradi Rzechpospolita portali.

Medinskiyning intervyusi chog‘ida boshlovchi Mariya Pjyelomets vazirga general Chernyaxovskiyning faoliyati haqida savol bergan. Medinskiy Chernyaxovskiy Polshada hech kimni o‘ldirmagan, deyishga ulgurmasdan, ko‘rsatuv yakunlandi, to‘liq javob efirga uzatilmay qoldi.

Shundan so‘ng ko‘rsatuv prodyuseri Chunkevich vazirga uzrnoma yo‘llagandi. Natijada kanal rahbariyati Chunkevich bilan shartnomani bekor qilib, uning uzrnomasi TVP’ning rasmiy uzrnomasi emasligini ta'kidlab o‘tdi.