Jamiyat | 13:13 / 30.01.2016
2845
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston maktablarida dinshunoslik dasturlari ishga tushiriladi

Terrorizm profilaktikasi maqsadlarida Qirg‘izistonda o‘rta maktablar uchun dinshunoslik dasturi ishlab chiqiladi. Bu haqda din ishlar bo‘yicha davlat komissiyasi janubiy bo‘limi rasmiy vakili Bo‘rumuhammad Esenov ma'lumot berdi.

“Maktab o‘quvchilari din asoslari bo‘yicha bilim olishadi, shu jumladan, islom bo‘yicha, bu pirovardida yoshlarning radikallashuvining oldini olib, ekstremizmga qarshi kurashda yordam berishi lozim”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish