Sardor Rahimxon nima uchun yig‘laydi?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon “Darakchi” nashriga bergan intervyusida ba'zan yuragini bo‘shatib olish uchun yig‘lab turishini tan oldi.
“Bilasizmi, ko‘z yoshidek samimiy, beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak, - dedi u. – Vijdon azobidan qiynalganda, ko‘nglingizni bo‘shatishni istaganingizda beminnat yordamchi. Shu sababdan sira yig‘lashdan uyalish kerak emas. Yolg‘iz qolib, yuragimni bo‘shatadigan damlar bo‘lib turadi”.
“Shu damda otam yodimga tushib ketdi, - so‘zida davom etdi san'atkor. – O‘g‘il uchun ota eng yaqin inson. U kishini yo‘qotgach, otamning qanchalik menga kerakligini his qildim. Otamni sog‘inganimda u kishining kelpagini qo‘limga olib, xayollar ummoniga sho‘ng‘igancha uni to‘yib-to‘yib hidlayman”.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025