Jamiyat | 10:06 / 31.01.2016
5353
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada ikki qochoq mafiozo yer osti bunkeridan topildi

Italiyaning Kalabriya viloyatida politsiya mafiyaning yashirinib yurgan ikki yetakchisini yer osti bunkerida qo‘lga oldi. U yerda qurol-yarog‘ ombori ham joylashgan edi, deb xabar beradi CNN telekanali.
Qo‘lga olinganlar – 47 yoshli Juzeppe Ferraro va 37 yoshli Juzeppe Krea. Birinchisi 1998 yildan buyon qidiriladi; u 17 yil muqaddam qotillikda va uyushgan jinoiy to‘da tuzishda ayblangan. Krea esa mafiya strukturasini yaratish aybi bilan 9 yildan buyon yashirinib yurgan.
“Bugun butun mamlakat aholisi uchun buyuk kun, negaki adolat tantana qildi”, - deb izoh berdi voqeaga ichki ishlar vaziri Anjyelino Alfano.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish