Jahon | 10:12 / 31.01.2016
3765
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada 2 mingdan ko‘proq homilador ayol Zika virusi bilan kasallandi

Kolumbiyada 2 mingdan ko‘proq homilador ayol Zika virusi bilan kasallandi, deb xabar bermoqda Kolumbiya milliy sog‘liq institutiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Qayd etilishicha, bu virus homilada mikrotsefaliya – bosh miya chanog‘ining boshqa normal o‘lchamda shakllangan tana a'zolariga nisbatan sezilarli kichrayishini keltirib chiqaradi. Bu kasallik, shuningdek, aqliy zaiflik bilan ham kechadi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti virus bilan 3-4 mln ga yaqin odam kasallanishi mumkinligini aytmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish