Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro neft narxlari bo‘yicha kelishuv yaqinligini aytdi
OPeK karteli ishtirokchilari hamda unining tarkibiga kirmaydigan neft yetkazib beruvchi davlatlar neft narxlarini barqarorlashtirish borasidagi kelishuvga yaqin turishibdi. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro El National nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Lekin yaqin bo‘lgani bilan, kelishuvga erishildi degani emas”, - tan oldi Venesuela rahbari. Uning fikricha, narxlardagi kichik o‘sish ham bozorni barqarorlashtirib, yoqilg‘i narxining o‘sishiga xizmat qilardi.
“Biz shu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, - dedi Maduro.