Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:12 / 31.01.2016
4640
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvadagi yong‘inda chaqaloq halok bo‘ldi
Moskvaning Strominka ko‘chasidagi “Rosoboroneksport” korporatsiyasi binosi yaqinida joylashgan tikuv sexida uyushtirilgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, ular orasida go‘dak ham bo‘lgan.
“Tsexda, bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, 13 kishi bo‘lgan. 12 kishining jasadi topildi. O‘n uchinchi kishi ham qidirilmoqda”, - deyiladi xabarnomada.
Halok bo‘lganlarning bari taxminan O‘rta Osiyo vakillaridir.




Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish