Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 16:28 / 31.01.2016
4825
1 daqiqa o‘qiladi
MYu murabbiyi muxlislardan himoya uchun soqchilar yolladi
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa muxlislarining hujumlaridan hadiksirab, tan soqchilari yolladi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Van Galning MYu tarkibidagi faloiyati oxirgi paytlarda muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Murabbiy o‘zining va oilasining xavfsizligini ta'minlash maqsadida uyi oldida turadigan soqchilarni yolladi.
64 yoshli mutaxassis markazdan uzoq va xavfsiz yerdan yangi uy qidira boshladi. Ayni paytda u Manchesterning shinam tumanlaridan birida yashab kelmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish