Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:14 / 31.01.2016
4663
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistoni AQSh va boshqa davlatlarning 33 fuqarosini terrorchilikda gumon qilib hibsga oldi
Saudiya Arabistoni terrorchilikda gumon qilib 33 kishini hibsga oldi, ular orasida xorijiy davlatlar, jumladan AQSh va Qozog‘iston fuqarolari ham bor, deb xabar bermoqda Saudi Gazette nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya huquq-tartibot muassasalari 9 nafar AQSh fuqarosi, bir nafar qozog‘istonlik, 2 nafar suriyalik, bir nafardan indoneziyalik va filippinlikni hibsga olgan. Bundan tashqari, hibsga olinganlar orasida 14 nafar saudiyalik, 3 nafar yamanlik, bir nafar BAA fuqarosi va falastinlik bo‘lgan.