Jahon | 20:40 / 31.01.2016
3071
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning janubi-g‘arbida ko‘p qavatli mehmonxonada yong‘in kelib chiqdi

Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyatida joylashgan ko‘p qavatli mehmonxonada yong‘in kelib chiqdi, deb xabar beradi CCTV telekanali.

Telekanal e'lon qilgan videoda ko‘rinishicha, yong‘in binoning barcha qavatlarini qamrab olgan. Voqea joyida 15ta o‘t o‘chirish brigadasi ishlamoqda.

Bino yaqinida olomon to‘plandi. Ularning kim ekanligi haqida, shuningdek, qurbonlar va yaralanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish