Jahon | 08:14 / 01.02.2016
3399
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus prezidenti ta'tilni Sochidagi "Belarus" dam olish majmuasida o‘tkazadi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Sochida bir necha kunlik ta'til o‘tkazadi, deb xabar bermoqda "BelTA" axborot agentligi. Bu haqda Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont ma'lum qildi.

Eysmontning aytishicha Lukashenko Sochida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvi paytida Sochidagi tog‘-chang‘i trassalarini sinab ko‘rgan.

Eysmont "Belarus 1" telekanali efirida ta'til vaqtida Lukashenkoda Sochida belarusliklar qo‘li bilan yaratilgan, Krasnaya Polyanadagi "Belarus" dam olish majmuasining imkoniyatlari va infratuzilmasini baholash imkoniyati bo‘lishini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish