Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Kerri Suriyaaro muzokaralarning bosh maqsadlarini ma'lum qildi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Jyenevada bo‘lib o‘tadigan Suriya bo‘yicha muzokaralarning bosh maqsadi tinchlikka erishish va yangi tuzumga siyosiy o‘tish ekanligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Kerrining ta'kidlashicha, "ixtilofni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi". Uning aytishicha, siyosiy o‘tishni amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladigan muzokaralar IShID jangarilarini istalgan qo‘llab-quvvatlashning oldini oladi.
Avvalroq Jyenevadagi muzokaralarda Damashq delegatsiyasi rahbari Suriya hududidagi qon to‘kishlarni terrorchilikni qurol sifatida ishlatuvchi xorijiy davlatlar uyushtirayotganini aytgandi.
Jyenevada BMT Xavfsizlik kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasiga ko‘ra 29 yanvarda Suriya hukumati va muholifati o‘rtasida muzokaralar boshlandi.