Jahon | 22:49 / 02.02.2016
5440
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh 13 mlrd dollar evaziga atom suvosti kemasi quradi

Pentagonning 5 yillik byudjyetida 13 mlrd dollardan ortiqroq mablag‘ yangi atom suvosti kemasi qurilishi uchun belgilangan. Bunday suvosti kemasi ballistik raketalar uchirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Rejaga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz flotining dronlar bo‘yicha strategiyasi o‘zgaradi. Endilikda dronlarning harbiy salohiyati va ma'lumot yig‘ish imkoniyatlari kengaytirilishi ko‘zda tutilgan.

9 fevral kuni harbiy byudjyetning rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter bu byudjyetning miqdori taxminan 583 mlrd dollar bo‘lishini aytgan.

Manbalarda Pentagon shuningdek, AQSh HHK uchun yangi bombardimonchi samolyot, "Ogayo" tipidagi yangi suvosti kemasi, yadroviy qurollar, qit'alararo harakatlanuvchi ballistik raketalar yaratishni rejalashtirgani aytilgan.

Defense News agentligida yozilishicha, Esh Karter 2017 yilgi mudofaa byudjyeti loyihasi taqdimoti vaqtida byudjyet 5ta asosiy omilni nazarda tutgan holda tuzilayotgani haqida aytgan: Rossiyaning kuchayishi, Xitoyning kuchayishi, Shimoliy Koreyaning AQShga va Tinch okeanidagi ittifoqchilariga tahdidlari, Eronning Fors ko‘rfazidagi davlatlar bilan munosabatlari yomonlashuvi hamda IShIDga qarshi kurash.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish