Iqtisodiyot | 20:04 / 02.02.2016
4172
2 daqiqa o‘qiladi

BP rahbari: neftning past narxlari abadiy saqlanib turmaydi

British Petroleum energetik kompaniyasi bosh direktori Bob Dadlining fikricha, OPeK karteliga a'zo davlatlar hamda boshqa ishlab chiqaruvchilar, xususan, Rossiya qora oltin narxini qo‘llab-quvvatlash uchun neft qazib olish hajmini qisqartirmaydi. Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Ular bu ishni qilishiga ko‘zim yetmaydi”, - tan oldi Dadli.

Rossiyaning ishlab chiqarish hajmi haqida gapirarkan, mutaxassis quyidagi fikrni bildirdi:

“Bu ko‘rsatkich barqaror qolishi ehtimoli baland, 1-2 foizlik qisqarish bo‘lishi mumkin. Lekin men AQShda neft qazib olish hajmi qisqarayotganini ko‘ryapman, va aprel oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan sutkasiga 1 mln barrelga kam neft ola boshlaymiz deb o‘ylayman”.

“Joriy yilning birinchi va ikkinchi choraklarida bozorga Eron nefti chiqishi munosabati bilan narxlar o‘zgarib turishi mumkin, ammo uchinchi va to‘rtinchi choraklarda talabning tiklanishini kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Jahonda sutkasiga 93 barrel neft yetkazilmoqda, gap esa faqat ortiqcha 1 barrel haqida ketmoqda – bu farq yil oxiriga qadar yo‘qqa chiqishi lozim”, - xulosa qildi mutaxassis.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish