Jamiyat | 15:36 / 02.02.2016
2425
1 daqiqa o‘qiladi

Di Kaprio postapokaliptik filmga prodyuserlik qiladi

Hollivud aktyori Leonardo Di Kaprio yoshlarga mo‘ljallangan postapokaliptik filmga prodyuserlik qiladi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri yozmoqda.' Gap Kayla Olsonning “Qum saltanati” kitobini ekranlashtirish xususida ketmoqda.

Prodyuserlardan biri Di Kaprioning Appian Way kompaniyasi bo‘yicha sherigi Jyennifer Devisson bo‘ladi.Kitobda ekologik muammolar ko‘tarilgani Di Kaprioning qiziqishiga sabab bo‘lgan.

Syujyetga ko‘ra, 2049 yili Yerda iqlim o‘zgarishi keskin burilish pallasiga kiradi, qirg‘oq hududlarini suv bosgani va aholi ko‘payib ketgani bois kelib chiqqan to‘polonlarda radikal guruh hokimiyatni egallaydi. Bosh qahramon qiz mehnat lageridan qochib ketib, otasini qidiradi, shuningdek, rejimga qarshi kurash olib boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish