Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola «Manchester Siti»da yiliga 20 mln yevro maosh oladi
«Manchester Siti»ni joriy mavsum yakunida qabul qilib olishi e'lon qilingan ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiolaga qancha maosh tayinlanishi aniq bo‘ldi.
The Times nashrida xabar qilinishicha, inglizlar jamoasi unga 3 yil davomida har yili 20 mln yevrodan maosh to‘laydi.
Qayd etish kerakki, Gvardiola hozirgi jamoasi «Bavariya»da yiliga 12,9 mln yevro maosh oladi.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, «Manchester Yunayted» ushbu mutaxassis «shaharliklar» bilan avvaldan kelishib qo‘yganini bilgani uchun unga taklif bilan chiqmagan.
Gvardiola Manchesterning qaysi jamoasida ishlashi ma'lum bo‘ldi
Manuel Pellegrini: O‘rnimga Gvardiola kelishi haqida 1 oy oldin bilardim