Jamiyat | 10:36 / 02.02.2016
2805
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada Mussoliniga tegishli bo‘lgan yaxta davlat ixtiyoriga o‘tkazildi

Italiya hukumati 68 yoshli tadbirkor Salvatore Skillanteni hibsga oldi va uning mulkini musodara qildi. Xatlangan mulk tarkibida bir vaqtlar Italiya fashistlari rahnamosi Benito Mussoliniga tegishli bo‘lgan yaxta ham bor.

O‘z vaqtida, o‘tgan asrning 30-yillarida diktatorga bu "Qora alanga" nomli yaxtani uning do‘stlaridan biri sovg‘a qilgandi.

Salvatore Skillante jinoiy guruhlarga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan.

Italiya huquq tartibot organlari bir necha yillardan buyon mafiyachi guruhlarga qarshi kurash olib bormoqda.

2015 yilning avgustida Sitsiliyada Matteo Messinoy Denaro boshchiligida tashkil etilgan mafiya guruhiga aloqadorlikda gumon qilinib, 11 kishi qo‘lga olingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish