Jamiyat | 20:29 / 02.02.2016
3397
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada mast holatdagi ota-ona taksida 2 chaqalog‘ini unutib qoldirdi

Moskva shahrida mast holatdagi ota-ona taksi ichida 2 nafar egizak chaqalog‘ini unutib qoldirgan. Bu haqda shahar IIV sayti xabar bergan. Poytaxt politsiyasi bu chaqaloqlarni shahardagi bolalar uyiga olib borgan.

"Bu ota-onalarning harakati "voyaga yetmagan farzandlar tarbiyasidagi mas'suliyatsizlik" sifatida baholangan", deyiladi xabarda.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, 1 fevral oqshomida mast holatdagi ota-ona Ozerniy ko‘chasidagi uyga taksi chaqirtirgan. Ular mashinaga chiqqanlaridan keyin o‘zaro janjallasha boshlashgan va keyin noma'lum tomonga ketishgan. Ular mashinaning orqa o‘rindig‘ida ikki chaqaloqni unutib qoldirishgan.

Ayni vaqtda ular qidirilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, bu egizaklarning onasi muqaddam 2 marta fohishabozlik bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortilgan. Bu oilaning egizaklardan tashqari 11 va 14 yoshlardagi 2 farzandi ham borligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish