Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi qamoqxona hududiga 62ta telefon solingan paketni irg‘itishdi
Noma'lum shaxs Moskvadagi qamoqxonaga o‘nlab telefonlar hamda quvvatlovchi qurilmalar solingan paketni olib kirishga urindi. Bu haqda "Moskva" yangiliklar sayti xabar tarqatgan.
"Navbatchilik qismiga noma'lum shaxs qamoqxona devori ustidan oshirib paket otgani haqida xabar kelib tushdi. Maxsus guruh voqea joyini borib tekshirganida hududdan telefonlar solingan paketni topgan. Noma'lum shaxsning harakatlari kuzatuv kameralarida qayd etilgan", deyiladi xabarda.
Ma'lum bo‘lishicha, paket ichidan 62ta telefon, 35ta quvvatlovchi qurilma, 24ta sim-karta va 3ta USB-kabel aniqlangan. Bu paketni qamoqxona ichiga uloqtirgan shaxs hali qo‘lga olinmagan.