Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi tikuv fabrikasida ro‘y bergan yong‘inda halok bo‘lgan muhojirlar oilasiga tovon puli berilmaydi
Moskvadagi tikuv fabrikasida ro‘y bergan yong‘inda halok bo‘lgan muhojirlar oilalariga tovon puli berilmaydi, deya xabar bermoqda “Rus axborot xizmati” “VTB Straxovaniye” kompaniyasi matbuot kotibi Sergey Usmanov bayonotiga asoslangan holda.
Matbuot kotibining oydinlik kiritishicha, mehnat muhojirlari uchun majburiy sug‘urta faqatgina tibbiy poliklinikalarga yordam ko‘rsatish hamda og‘ir kasalliklar yoki xastaliklar zo‘rayganidagi murojaatlarga taalluqli.
“Baxtsiz hodisa sababli vafot etganlikda tovon puli to‘lash muhojirlar uchun sug‘urtaga kiritilmagan. Mehnat muhojiri o‘z hayotini ixtiyoriy ravishda sug‘urtalashi mumkin”, - dedi u. Rossiya davlat dumasining Mehnat va ijtimoiy siyosat qo‘mitasi a'zosi Mixail Tarasenkoning aytishicha, ishlash uchun ruxsat olgan barcha muhojirlar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalangan. Biroq mazkur yong‘inning ishga hech qanday aloqasi yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi yirik yong‘in sababli o‘n nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan edi. Taxminlarga ko‘ra, ular Stromynkada joylashgan tikuv fabrikasining xodimlaridir. Qurbonlar orasida o‘zbekistonliklarning ham borligi aytilmoqda.