O‘zbekiston | 11:22 / 02.02.2016
7443
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eksportbop yuk ko‘tarish kranlari ishlab chiqariladi

Germaniyaning Teichmann Group va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari hamkorlikda Toshkent shahrida kranlar, yuk mashinalari va mexanizmlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Sputnik agentligi ma'lum qildi.

Tomonlar o‘tgan 2015 yilning noyabrida loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandumni imzolashgan edi.  “Ishlab chiqarish quvvati Toshkent mexanika zavodining foydalanilmayotgan bino va maydonlarida yo‘lga qo‘yiladi. Fevralda esa nemis kompaniyasi delegatsiyasi uskunalar va quvvatlarning muayyan turlarini aniqlash, shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun zarur investitsiyalar hajmini kelishib olish maqsadida Toshkentga tashrif buyuradi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Ayni paytda tomonlar kran qurilmalari bozori, shu kabi ishlab chiqarish quvvatlarining joylashgan o‘rni va yaqin-atrofdagi hududlar imkoniyatlarini o‘rganib chiqishmoqda. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek tomoni yangi zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning katta qismini tashqi bozorga mo‘ljallamoqda. Mazkur loyiha doirasidagi yakuniy shartnoma shu yilning o‘zida imzolanishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish