Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburglik ayol chaqalog‘i bilan 7-qavatdan sakradi
Sankt-Peterburg shahridagi turar joy binolaridan birining yettinchi qavatidan ayol o‘z chaqalog‘i bilan birgalikda pastga sakragan. Chaqaloq omon qolgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha boshqarmasiga asoslanib, «Fontanka.ru» sayti xabar bergan.
"2016 yilning 2 fevraliga o‘tar kechasi Oleko Dundich ko‘chasidagi 10-uy binosi ostida o‘tkinchi yo‘lovchilar o‘zini yuqori qavatdan pastga tashlagan 35 yoshli ayolni va uning 3 oylik qizini og‘ir ahvolda topishgan. Ona shifoxonaga yetmasdan jon bergan. Qizcha esa bolalar shifoxonasiga joylashtirilgan", deyiladi xabarda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ayol depressiya holatida bo‘lgan. Tergov organlari bu hodisani tekshirishmoqda. Hodisa yuzasidan «ojiz holatdagi go‘dakni o‘ldirish» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Bundan oldinroq, shunga o‘xshash holat Moskva shimolida sodir bo‘lgan, o‘shanda oltinchi qavatdan ona olti oylik go‘dagi bilan sakragan, lekin chaqaloq halok bo‘lib, ayolning o‘zi tirik qolgandi.
Moskva viloyatida bir yoshli go‘dak oynadan uloqtirib yuborildi