Jahon | 15:03 / 02.02.2016
2997
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Ukraina poyezdini badal to‘lanmagani bois “Ipak yo‘li”da ushlab qoldi

Ukraina tomonidan 15 yanvar kuni Rossiyani aylanib o‘tadigan yo‘l orqali “Ipak yo‘li” orqali yuk tashish maqsadida yuborilgan tajriba konteyner poyezdi Qozog‘istonda ikki kunga ushlab qolindi. “Qozog‘iston temir jo‘li” milliy kompaniyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bunga buyurtmachi tomonidan badalning to‘lanmagani sabab bo‘lgan.

24 yanvar kuni Oqtov portiga Ilichevsk portidan kelgan tajriba poyezdi Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi loyihasi doirasida yuborilgan edi. Hujjat muammolari hal qilinganidan so‘ng poyezd Jyezqazg‘an-Saksovul-Beynov temir yo‘l liniyasi orqali Do‘stiq stansiyaga yo‘l olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish